Real Madrid Vinisius bilan shartnomani uzaytirmoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 15

Real Madrid Vinisius bilan shartnomani uzaytirmoqchi

📝 Rodra (ESPN muxbiri):

"Madrid" bosh skauti Kalafat Vinisius bilan shartnomani uzaytirish ustida faol ishlamoqda. Bugungi uchrashuv ijobiy o'tdi. Vingerning atrofidagilar uning klub bilan yangi bitim imzolashiga ishonch bildirmoqda.

📰 Ge Globo:

"Madrid" fikridan qaytdi va Vinisius bilan shartnomani uzaytirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga qaror qildi. Klubdagilar braziliyalik futbolchiga o'rinbosar topish Vinisiusning moliyaviy talablariga rozi bo'lishdan ko'ra qimmatroqqa tushishini hisoblab chiqdi.

Shu sababli, endi "Madrid" hujumchiga sezilarli darajada imzolash bonusini taklif qilmoqda, bu esa "qaymoqranglilar" taklifini futbolchining dastlabki talablariga yaqinlashtiradi.

Ikki yillik kelishmovchiliklardan so'ng, "Real Madrid" va Vinisius nihoyat bir to'lqinda muzokara olib bormoqda. Har ikki tomon uchrashuvdan juda mamnun holda chiqdi va yangi bitimni imkon qadar tezroq rasmiylashtirish uchun murosaga kelishga tayyor.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!