📰 Ge Globo xabariga ko'ra, Madrid klubida Vinisius bilan shartnomani uzaytirish borasidagi vaziyat Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos bilan bo'lgan muzokaralardan farq qiladi deb hisoblashmoqda. Sababi, braziliyalik futbolchi hali atigi 26 yoshda.
Madridliklar klubdagi maoshlar chegarasini oshirmaydi, biroq ular o'zlarining yangi taklifiga Vinisius talab qilgan turli bonuslarni kiritishgan. Ular yangi 5 yillik shartnoma davomida to'lab boriladi.
Ayrim bonuslar futbolchining samaradorligiga bog'liq. Bundan tashqari, o'yinchi sodiqlik bonusi (loyalty bonus) oladi, uni Madrid klubi o'tgan shartnoma uzaytirilganda to'lashi kerak edi.
Vinisius Madrid siyosatini tushunib yetdi. Endi hammasi hujumchining o'ziga bog'liq.
📝 Rodra (ESPN muxbiri): "Butun hafta davomida Madrid vakillari Vinisiusga shartnomani uzaytirish bo'yicha takliflarini yaxshilamasliklarini aytib kelishdi. Biroq bugungi uchrashuvda klub kutilmaganda o'z taklifini yaxshiladi"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!