Kataloniya OAV xabariga ko'ra, "Real Madrid" transfer bozorida yangi kreativ yarim himoyachi izlamoqda. Subimendi va Maktominey klub uchun ustuvor variantlar hisoblanadi.
"Qirollik klubi" 27 yoshli ispaniyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. O'yin amaliyoti kamligi sababli, tayanch yarim himoyachisi "Arsenal"dan ketish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin.
29 yoshli shotlandiyalik futbolchiga kelsak, uning "Napoli" bilan 2028-yil yozida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Shu sababli, "Madrid" Maktomineyni erkin agent sifatida qo'lga kiritish imkoniyatini o'rganmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!