📈 "Real Madrid" La Liga birinchi turida ketma-ket 18 mavsumdan buyon mag'lubiyatga uchramayapti. "Qirollik klubi" so'nggi bor 2008/09 yilgi mavsumda "Deportivo"ga qarshi o'yinda birinchi turda yutqazgan edi.
📈 "Real Madrid" o'z tarixida ikkinchi marta La Liga birinchi turida 90+ daqiqada g'alaba to'pini kiritib, zafar quchdi. Birinchi marta bu natija 1999-yil avgust oyida qayd etilgan (o'shanda "Malyorka"ga qarshi o'yinda Raul g'alaba goliga mualliflik qilgan).
📈 Bellingem — La Liganing so'nggi 4 mavsumining har birida kamida bitta golni boshi bilan kiritgan yagona futbolchi. Yarim himoyachi hisobida jami 7 ta "ikkinchi qavat"dan kiritilgan gol bor.
📈 Bellingem — Mourinyu qaytganidan keyin "Real"ning birinchi golini urgan futbolchi. Portugaliyalik murabbiyning dastlabki davrida "qaymoqranglilar"ning ilk goliga R. Karvalyu mualliflik qilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!