📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi):
"Ba'zi "Madrid" muxlislari "Roma"ga qarshi o'yindagi eng muhim narsa bu g'alaba deb o'ylashadi🥹 Eng asosiysi esa, o'zgarishlar qilish zarurligini anglab yetishdir"
📻 Segurola (Onda Cero jurnalisti):
"Men "Madrid" futbolchilarining fidoyiligini qadrlayman, lekin Mourinyu jamoadan nimaga erishmoqchi ekanligini hali ham tushunmayapman"
📻 Ortego (Onda Cero jurnalisti):
"Madrid" "Roma"ni faqat burchak zarbalaridan kiritilgan uchta gol evaziga mag'lub etdi. O'ylashimcha, bu faxrlanish uchun sabab emas. Mourinyu qilayotgan ishlar allaqachon barcha chegaralardan chiqib ketmoqda"
📻 X. Rodriges (Onda Cero jurnalisti):
"Meni "Madrid"da Mourinyu uslubining yo'qligi hayron qoldirmoqda. Men jamoada intensivlikni ko'rmayapman, himoyada ishonchlilik bilan bog'liq muammolar bor..."
M. Torres ("Madrid" sobiq himoyachisi):
"Mourinyu uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi o'yinning o'zidan ham muhimroq"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!