📈 "Real Madrid" joriy mavsum La Liga doirasidagi 13 ta turdan so'ng 33 ochko jamg'ardi — bu klub tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija. "Qirollik klubi" avvalroq 2014/15 va 2016/17 yilgi mavsumlarda ham shuncha ochko to'plagan edi. Eng yaxshi natija esa 2011/12 yilgi mavsumga to'g'ri keladi — 34 ochko.
📈 Bellingem La Liga tarixida 100 ta o'yin o'tkazgan uchinchi britaniyalik futbolchiga aylandi. Ushbu ro'yxatda ikkinchi o'rinda Lineker (103), birinchi o'rinda esa Bekxem (116) bormoqda.
📈 Espi joriy mavsumda zaxiradan maydonga tushib, 4 ta gol urdi — bu Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi boshqa barcha futbolchilardan yaxshiroq natija.
📈 Espining "Real Madrid" safida La Ligada urgan barcha uchta goli jamoaga 85-daqiqadan so'ng g'alaba keltirdi. Joriy mavsumda hech kim bunday gollarni ko'proq urmagan. Boshqa 12 nafar futbolchi hisobida esa shunday gollardan atigi bittadan bor.
📈 Espi "Real Madrid" safidagi o'zining debyut golini "Santyago Bernabeu" stadionida nishonladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!