Rikelme:
«Peresning yaqindagi Madrid derbisidagi ishtirokimga munosabati? Men bu haqda keyinroq OAV orqali bilib oldim. Men «Metropolitano»da edim, chunki «Madrid» muxlisi sifatida o'yinga taklifnoma olgandim. «Madrid»dagi prezidentlik saylovlari allaqachon yakunlangan. Endi barchamiz birlashishimiz kerak — nizolar va keraksiz shovqinlarsiz.
«Madrid»ning hozirgi tarkibi haqida nima deb o'ylayman? Prezidentlik saylovlari davomida taqdim etgan takliflarimiz hamon dolzarb. Har qanday holatda ham, o'yinchilarga omad tilayman va bu mavsumda ular sovrinlarni qo'lga kirita olishlariga umid qilaman.
Men klubning oddiy sosiysi sifatida Ispaniyada va xorijdagi aksariyat o'yinlarda «Real Madrid»ni qo'llab-quvvatlash uchun boraman.
«Madrid» uchun hozirgi kundagi asosiy xavf? Hozirgi noaniqlik. Barcha madridistlar birlashishi kerak va jamoa atrofida xotirjam muhit hukm surishi lozim, shunda futbolchilar asosiy narsaga — gol urish va o'tkazib yubormaslikka e'tibor qarata olishadi.
Ispaniya hakamligi va VAR haqida nima deb o'ylayman? Futbolda bir xil vaziyatni turlicha ko'rish mumkin. «Negreyra ishi» davrida «Barselona» o'yinlarida sodir bo'lgan voqealar falokat edi.
Nima bo'lganda ham, VAR faqat qisman yechimlar beradi. Ammo ishonchim komilki, tizim rivojlanishda davom etadi va vaqt o'tishi bilan bunday bahslar kamayib boradi»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!