🎤 Roberto De Dzerbi transfer oynasi va Savino haqida:
"Futbolchilar haqida ularning transferi rasmiylashmaguncha gapirish noetik hisoblanadi. Men juda mamnunman. Transfer bozorida hali ishlarimiz yakunlangani yo'q.
Bu ishning muhim qismi, chunki hozirgacha ajoyib xaridlarni amalga oshirdik — ajoyib futbolchilar, yuqori tartib-intizom, jangovar ruh va xarakter.
Ammo Premer-ligada o'yinlar shov-shuvli nomlar yoki yulduz futbolchilar hisobiga yutilmaydi. So'nggi yillarda APLda bunga ko'plab misollar bor. Biz g'alabaga munosib bo'lishimiz kerak, buning uchun esa xarakter, ishtiyoq, fidoyilik va albatta, o'yin uslubi borasida yuqori darajaga chiqishimiz lozim".
🎤 Mikki van de Ven haqida:
"Bugun u biz bilan umumiy guruhda shug'ullandi va hammasi juda yaxshi ketmoqda.
Muammo unda Avstraliyadagi mavsumoldi yig'ini vaqtida yuzaga kelgandi, balki parvozlar bilan bog'liqdir, ammo bu jiddiy emas. Bizda Senesi va Ben Devis bor, ular ertangi o'yinga tayyor holatda".
🎤 Roberto De Dzerbi:
"Men juda ko'p marta 'Tottenxem'ning pullari, 'Tottenxem'ning pullari' degan gaplarni eshitdim. Men ko'p yillardan buyon futbolni sevaman. Yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan barcha jamoalar pul sarflashini ko'rganman. Balki muammo 'Tottenxem'ning aynan Premer-ligada pul sarflayotganidadir?"
🎤 O'tgan mavsumdan olingan saboqlar haqida:
"O'tgan mavsumda sodir bo'lgan voqealarni unutolmaymiz. Bu biz uchun katta saboq bo'ldi. Ammo hozir biz yangi sahifa ochmoqdamiz. Oldinda bizni jiddiy sinovlar kutib turibdi. Dastlabki ikki vazifa aniq: jamoa ruhini topish va keyin o'yinimiz tashkilotchiligini yaxshilash — to'p bilan ham, to'psiz ham".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!