👀 Roberto De Zerbi «Brentford»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng:
🗣 Jamoa o'yini haqida:
«Men bu mag'lubiyatdan hayron qoldim va xafa bo'ldim. Ammo o'tgan mavsumni hozirgisi bilan solishtirsak — bizda to'rtta yangi himoyachi bor, markazda esa Tonali va Bergvall paydo bo'ldi. Bizga vaqt kerak».
🗣 Bergvall haqida:
«Men Lukas bunday o'yinda Bentankurga qaraganda ko'proq qiyinchiliklarga duch kelishini bilardim. Ammo klub kelajagi uchun unga shunday o'yinlarda imkon berish muhim. Ikkinchi gol vaqtida u muhim pallada to'pni yo'qotdi. O'ylaymanki, yaqin ikki yil ichida u bunday xatoga yo'l qo'ymaydi. Ammo yaxshiroq bo'lishi uchun u bu yo'ldan o'tishi kerak».
🗣 Jamoa haqida:
«Bizga vaqt kerak. Ishonchim komilki, biz bugun ko'rsatganimizdan ancha yaxshiroqmiz. Chorshanba kuniyoq o'z sifatimizni va kimligimizni ko'rsata olamiz. Ammo keyingi o'yinda g'alaba qozonsak ham, haqiqiy jamoaga aylanishimiz uchun baribir vaqt kerak bo'ladi». 🤝
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!