Roberto De Zerbi Matis Telning bugungi o'yinda nega qaydnomaga kiritilmagani haqida:
Murabbiy qarori — u tribunada edi. Men o'yin davomida Meddison va Kudus o'yin borishini ko'proq o'zgartira olishi mumkin deb hisobladim. Qolaversa, ikkita markaziy himoyachi — bu muhim. Shuningdek, menga yana ikkita qanot himoyachisi kerak edi. Pedro Porroga qarang — va ikkita markaziy yarim himoyachi. Men Matisga kecha sababini tushuntirdim. U yigit, hammasini tushundi, tamom. Qolaversa, u boshqalardan ko'ra ko'proq o'ynadi.
Klub yozda sof markaziy hujumchi xarid qilmagani xato bo'lgani haqida:
Transfer bozori haqida uzoq tushuntirish kerak. Men eng avvalo tarkibdan mamnunman. Aks holda polemika kelib chiqadi. Transfer oynasi uzoq davom etdi. Vaziyat ko'p marta o'zgardi. Oxirida yana moliyaviy feyr-pley ham bor edi. Biz unga rioya qilishimiz kerak edi. Biz dastlab sotish mumkin va imkoniyat bor deb o'ylagan o'yinchilarni sota olmadik. Sabablar ko'p. Menimcha, klub va murabbiy qo'l qovushtirib o'tirgani yo'q. Biz o'yinchilarning xarakteristikasini bilamiz. Biz hamma narsani bilamiz. Agar biz boshqa qarorlar qabul qilmagan bo'lsak, demak, buni amalga oshira olmaganmiz.
Pedro Porro haqida:
Eshiting, men hali jahon chempionatidan keyin ham Pedroga boshqacha qarash kerakligini aytganman. Muammo nimada ekanligini bilmayman. O'ylaymanki, bu sonning orqa qismi. Umid qilamanki, jiddiy narsa emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!