🎤 De Zerbi:
«Biz ko'proq zarba berishimiz, yaxshiroq zarba berishimiz va vaziyatlardan unumliroq foydalanishimiz kerak. Ammo biz natijadan xafamiz, ezilganmiz. Fikrimcha, bu adolatsiz, lekin buni qabul qilib, omadsizliklar chizig'idan kuchliroq chiqib ketishimiz kerak. Ochig'ini aytaman: oxirgi besh-olti o'yinda bizga omad kulib boqmadi — «Nyukasl» bilan, «Everton» bilan, hatto «Nottingem» bilan va bugun ham».
«Men o'z o'yinchilarimga ishonaman, ularga juda katta ishonch bildiraman va ularni yuqori baholayman. Qachonki o'z o'yinimizni topib, g'alaba qozonishni boshlasak, o'ylaymanki, bu futbolchilar bilan o'yindan zavq olamiz, chunki ularning sifatlari aqlbovar qilmas darajada.
Marmush, Savio, Kudus, Lukas Bergvall, Mateus Fernandes, Robertsonlarga qarang. Pedro Porroni ham unutmang. Solanke — top, u yaxshi o'yinchi.
Hozir qiyin pallani boshdan kechirmoqdamiz, ammo «Villa» bilan bo'ladigan keyingi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish va o'sha burilish nuqtasini topish uchun kuchliroq bo'lishimiz kerak».
🎤 Martin Dubravkaning debyuti haqida:
«Yaxshi. U yaxshi inson va yaxshi darvozabon. Afsusdaman, bu mening mas'uliyatim. Birinchi bo'lim o'rtalarida biz, ehtimol, birga-bir vaziyatni to'g'ri baholay olmadik. Biz umuman boshqacha o'ynashimiz, yaqinlashib qisqa paslar bermasligimiz kerak edi. Ammo bu jarayon. Bu Dubravkaning ilk o'yini edi. Ikkinchi bo'limda u juda yaxshi harakat qildi».
🎤 Roberto De Zerbi Kudusning ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishi haqida:
Kudus — biz uchun ajoyib yangilik, chunki u «o'nlik» pozitsiyasida ham o'ynay oladi. Shu tufayli biz maydonga Savio, Kudus, Solanke va Marmushni bir vaqtda chiqara olamiz.
Roberto De Zerbi Pedro Porro «Villa» bilan o'yinga tayyor bo'lishini tasdiqladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!