Roberto De Zerbi: Van de Venning sardor etib tayinlanishi uning uchun burilish nuqtasi bo'ladi
Тоттенхэм • Spurs ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 39

Roberto De Zerbi: Van de Venning sardor etib tayinlanishi uning uchun burilish nuqtasi bo'ladi

Roberto De Zerbi Muhammad Kudusning safga qaytishi haqida:

Juda yaqin... ammo biz uning uzoq vaqt o'ynamaganini hisobga oldik va ayniqsa mavsum boshida tavakkal qila olmaymiz.

Roberto De Zerbi:

Bu klub oddiy klub emas va biz ushbu ranglar ostida o'ynash uchun mas'uliyatni his qilishimiz kerak.

Nima uchun Miki van de Vennni «Tottenxem»ning yangi sardori etib tanlagani haqida:

Menimcha, u o'tgan mavsumdagiga qaraganda ko'proq mas'uliyatni his qilishi kerak, chunki mening nazarimda, u o'yinchi sifatida o'z salohiyatini hali to'liq ochib bermagan.
U ajoyib yigit, lekin shaxs sifatida biroz yopiq. O'ylaymanki, unga ko'proq mas'uliyat yuklab, sardor etib tayinlash orqali biz uning uchun burilish nuqtasini yaratamiz — yo u chinakam top darajadagi futbolchiga aylanadi yoki o'tgan mavsumdagi kabi yaxshi o'yinchi bo'lib qolaveradi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!