Jose Felix Diaz xabariga ko'ra, Rodri "Barselona" bilan to'rt yillik shartnoma imzolashi mumkin. Unga ko'ra, futbolchining yillik maoshi qariyb 30 million yevroni (soliqlardan oldin) tashkil etadi. Transfer summasi esa taxminan 60 million yevro etib belgilangan.
🔙 Ikki hafta avval Felix Diaz "Real" Rodri bilan qiziqmayotganini ta'kidlagan bo'lsa, bir hafta muqaddam "Real" 24 soat ichida 40–50 million yevro evaziga ushbu transferni yakunlashi mumkinligini aytgandi.
Jurnalist "Real" va Peresga yaqin hisoblanadi. Shuningdek, Rodri shartnomasining shartlari hozircha to'liq kelishilmagan bo'lishi mumkin, shu bois ma'lumotning ishonchliligi katta so'roq ostida. "Manchester Siti"da Rodri yiliga taxminan 14 million yevro (soliqlardan oldin) maosh oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!