Rodri transferi bo'yicha ekspertlar fikri
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 11

Rodri transferi bo'yicha ekspertlar fikri

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti):

Rodri «Barselona» uchun ustuvor maqsad bo'lganmi? Yo'q. U «Barselona»ni kuchaytiradimi? Ha, ancha jiddiy kuchaytiradi. U «Madrid»ga ko'proq kerakmidi? Albatta. Bu jamoaga eng yetishmayotgan o'yinchi profili. U «Madrid»dagi barcha yaxshi futbolchilarning o'yinini yanada mazmunli qilgan bo'lardi. 75 million yevro — juda ko'pmi? Bahsli masala. Ha, chunki uning yoshi 30da va shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgandi. Yo'q, chunki u dunyodagi eng yaxshi yarimhimoyachi.

Valdano («Madrid» afsonasi):

Rodri «Madrid» o'yinida inqilob qilgan bo'lardi. Shu sababli bu «Barselona» uchun strategik jihatdan muhim transfer. 75 million yevro uning uchun ko'pmi? Agar faqat Rodri «Barselona»ga nima berishini baholasak, uning narxi kataloniyaliklar uchun 35 million yevro. Ammo ular yana 40 millionni u «Madrid»ga o'tib ketmasligi uchun to'lashmoqda, chunki bu «qaymoqranglilar»ga juda katta zarar yetkazgan bo'lardi.

📻 B. Alemani (Cadena SER jurnalisti):

Men «Madrid» rahbariyatini tushunmayapman. Rodri klubga «yo'q» deb javob berdi, «Madrid»da esa bunday holat uchun hatto «B» rejasi ham yo'q. Tarkibni rejalashtirish nuqtai nazaridan bu umuman mantiqqa to'g'ri kelmaydi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!