«Real»ga qarshi o'yindan keyin oson bo'lmadi, ammo siz ikkita o'yinda g'alaba qozonib, oltita gol urdingiz va darvozangiz daxlsizligini saqlab qoldingiz…
«Biz uchun yaxshi o'ynash va g'alaba qozonish muhim edi. Darvozani daxlsiz saqlab qolish ham muhim edi — bugun bu biz uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. «Real»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilash uchun bizga aynan shu g'alaba kerak edi».
«Roma» himoyachilari gol urishmoqda, sizning himoyangiz esa Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari jamoalari orasida eng ishonchlisi.
«Biz uchun bu juda muhim — nafaqat himoyachilar, balki butun jamoa uchun. Biz yuqori saviyada o'ynashni va murabbiy talab qilganidek harakat qilishni istaydigan kuchli jamoamiz. Oldingi chiziqda iqtidorli futbolchilarimiz ko'p va ular gol urishlari uchun biz ularni uzatmalar bilan ta'minlashimiz kerak».
Bugun tarkibda ko'plab o'zgarishlar bo'ldi.
«Bizda kuchli jamoa va to'liq tarkib bor, har bir chiziqda sifatli o'yinchilar mavjud. Biz ishlashimiz kerak va har birimiz o'z maksimal darajamizni ko'rsatish uchun kunma-kun mehnat qilyapmiz. Bu biz haqimizda, murabbiy va sport direktori olib borayotgan ishlar haqida ko'p narsani anglatadi. Bunday «Roma»ni ko'rish yoqimli».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!