«Roma» Malik Fofana'ni o'z safiga qo'shib olishga bo'lgan urinishlarini davom ettirmoqda.
Angelo Manjante xabariga ko'ra, tomonlar futbolchining shaxsiy shartlari borasida kelishuvga yaqin turibdi. «Portu» bilan Rodrigo Mora transferi bo'yicha kelishuv yakunlangach, «jallorossi» ushbu hujumkor vingerning o'tishi borasida «Lion» bilan muzokaralarni boshlaydi. Tarkibdan ketishi mumkin bo'lgan futbolchilarga kelsak, Robinyo Vaz va Matias Sule diqqat markazida qolmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!