"Roma" Richard Riosni qo'lga kiritish uchun yangi, qat'iy urinishni amalga oshirmoqda.
CNN Portugal xabariga ko'ra, so'nggi soatlarda sport direktori Toni D’Amiko ushbu transfer bo'yicha ishlarni faol ravishda qayta boshlagan.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Roma" shartnoma shartlarini kelishib olish uchun Riosning vakillari bilan bog'langan va bir vaqtning o'zida "Benfika"ga rasmiy taklif yuborgan. Biroq, Portugaliya klubi narxni tushirish niyatida emas va 30 million yevrodan ortiq mablag' talab qilmoqda.
"Benfika" Riosni o'tgan yozda "Palmeyras"dan taxminan 27 million yevro evaziga sotib olgan edi. Endilikda, transfer oynasining so'nggi kunlarida kolumbiyalik futbolchi yana diqqat markaziga tushdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!