Janluka Di Marsio sayti xabariga ko'ra, o'tgan tun muzokaralar tinimsiz davom etgan. Hozircha «Portu»da futbolchini qaytarib sotib olish huquqi bor-yo'qligi haqida ma'lumot yo'q. «Roma» 25 million yevroni darhol to'lashni, shuningdek, kelajakda futbolchi sotilganda tushadigan mablag'ning 50 foizini «Portu»ga o'tkazib berish majburiyatini olishni rejalashtirmoqda.
«Jallorossi» ushbu ulushni 2027-yilda qo'shimcha 25 million yevro evaziga qaytarib sotib olish imkoniyatini (majburiyat emas) nazarda tutuvchi shartlarni kelishib olishga urinmoqda.
Alfredo Pedulla ham ushbu ma'lumotni tasdiqladi: Mora transferi «Portu» uchun qaytarib sotib olish bandini nazarda tutmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!