Roma Rodrigo Mora uchun kurashmoqda
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 13

Roma Rodrigo Mora uchun kurashmoqda

"Roma" "Portu" iqtidorli futbolchisi Rodrigo Mora uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Sky Sport jurnalisti Anjelo Manjante xabariga ko'ra, "jallorossi" futbolchi uchun kurashga kirishgan va allaqachon aniq taklif bilan chiqqan. Rimliklar ushbu transfer yo'lida yana ikki klub bilan raqobat olib borishlari kerak. "Roma" taklifi 5 million yevro evaziga ijara va 45 million yevro evaziga sotib olish huquqini o'z ichiga oladi, bu esa umumiy hisobda 50 million yevroni tashkil etadi.

Jan Pero Gasperini Morani jamoada ko'rishga rozilik bergan va klub murabbiyning istagini qondirish uchun portugaliyalik futbolchini qo'lga kiritishning to'g'ri yo'lini izlamoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!