🫥 Ronald Kuman-kichik "Feyenoord"ga qarshi o'yinda (3:4) belgilangan penalti borasida o'z noroziligini zo'rg'a yashirib o'tirdi:
"Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan holat. U to'pga qo'li bilan tekkanda, avvaliga to'p uning boshiga tegadi. Rostini aytsam, o'zimni bosib turishga majburman, lekin bu yana o'sha Yerun Mansxot.
O'tgan yili Niderlandiya Kubogi yarim finalida ham u bizga qarshi noto'g'ri qarorlar chiqargandi. Yoki, mayli, shunchaki omadimiz kelmadi, deb qo'ya qolaylik. "Telstar" uchun bu haqiqatan ham hal qiluvchi lahzalar edi.
Oxir-oqibat, qarorni o'zim qabul qilaman, deydi u menga. Men esa unga shunchaki o'yinni davom ettirishi kerakligini, agar haqiqatan ham qo'l bilan o'ynash holati bo'lsa, VAR albatta aralashishini aytdim".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!