Ronald Kuman-kichik hakam qaroridan norozi
Ronald Kuman-kichik "Feyenoord"ga qarshi o'yinda belgilangan penalti borasida hakam Yerun Mansxotning qaroridan norozi ekanligini bildirdi.
🫥 Ronald Kuman-kichik "Feyenoord"ga qarshi o'yinda (3:4) belgilangan penalti borasida o'z noroziligini zo'rg'a yashirib o'tirdi:
"Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan holat. U to'pga qo'li bilan tekkanda, avvaliga to'p uning boshiga tegadi. Rostini aytsam, o'zimni bosib turishga majburman, lekin bu yana o'sha Yerun Mansxot.
O'tgan yili Niderlandiya Kubogi yarim finalida ham u bizga qarshi noto'g'ri qarorlar chiqargandi. Yoki, mayli, shunchaki omadimiz kelmadi, deb qo'ya qolaylik. "Telstar" uchun bu haqiqatan ham hal qiluvchi lahzalar edi.
Oxir-oqibat, qarorni o'zim qabul qilaman, deydi u menga. Men esa unga shunchaki o'yinni davom ettirishi kerakligini, agar haqiqatan ham qo'l bilan o'ynash holati bo'lsa, VAR albatta aralashishini aytdim".