Roy Kin: "Manchester United" uchun Runi Ronaldudan ko'ra muhimroq"
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 46

Roy Kin: "Manchester United" uchun Runi Ronaldudan ko'ra muhimroq"

Roy Kin "Manchester United" afsonalari Krishtianu Ronaldu va Ueyn Runi o'rtasidagi bahs haqida o'z fikrini bildirdi:

"Bu bahslar doimiy ravishda Runining bir bayonoti tufayli yuzaga keladi.

Men ikkalasi bilan ham birga o'ynaganman va har biri klub uchun nimalar qilganini ko'rganman. Ammo bitta yaqqol fakt bor: Runi "United"da Ronaldu yutgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan, Ronaldu esa Runi yutgan barcha sovrinlarni yuta olmagan.

Runi o'z faoliyatining eng yaxshi yillarini Manchesterda o'tkazdi. Ronaldu esa boshqa joyda foydaliroq imkoniyat va katta pul ko'rgach, ketib qoldi.

Biz individual yutuqlar haqida emas, "Manchester United"ga qo'shgan hissa haqida gapiryapmiz. Balki Ronalduning faoliyati yorqinroqdir, ammo bu klub uchun u Runichalik ahamiyatga ega emas.

Ronaldu "United"da yutgan narsalarining ko'p qismini Runi bilan birga qo'lga kiritgan. Runi esa Krishtianusiz ham g'alaba qozonishda davom etib, klub uchun yanada ko'proq yutuqlarga erishdi".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!