Ryan Giggs: "Jey-Jey Gabrielga sabr kerak"
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Ryan Giggs: "Jey-Jey Gabrielga sabr kerak"

Ryan Giggs Rio Ferdinandning podkastida Jey-Jey Gabriel haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

U to'g'ri yo'nalishda rivojlanmoqda, shunday ekan, shoshilishdan nima foyda? Men 15 yoshimda asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarni boshlaganman, ammo debyutimni atigi ikki yildan so'ng o'tkazganman. Yosh futbolchilarga sabr kerak.

"Yunayted"ning birinchi jamoasida to'p surish — yoshlar jamoasida yoki mavsumoldi o'yinlarida maydonga tushishdan butunlay boshqacha daraja. Muvaffaqiyatli debyut qilish bir narsa, 40-50 ta o'yin davomida jarohatlar va pasayishlarga qaramay barqarorlik ko'rsatish esa butunlay boshqa narsa.

Qanchalik iqtidorli bo'lmasin, ishlashda davom etish va o'z imkoniyatini kutish kerak.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!