#Rayan Giggz — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Rayan Giggz: «Jey Jey Gabriel — avlod o'yinchisi»

Rayan Giggz: «Jey Jey Gabriel — avlod o'yinchisi»

Rayan Giggz «Manchester Yunayted» yosh iqtidor egasi Jey Jey Gabrielning klubda qolishi muhimligini ta'kidladi.

🗣️ Rayan Giggz Jey Jey Gabriel haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«Men uchun u — avlod o'yinchisi. U «Manchester Yunayted»da qolishi kerak. Hozir ijaraga ketishning hech qanday ma'nosi yo'q: bu yer u uchun ideal muhit, boshqa klubda esa u vaqti-vaqti bilan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi yoki yana tarkibdan chetda qolishi mumkin. Bu tajribaning qiymati juda yuqori.
Gap faqat mashg'ulotlar va o'yinlar haqida ketmayapti. Jamoa bilan birga bo'lish, safar o'yinlariga borish, «Manchester Yunayted»dagi talablar darajasini tushunish va klubga qanchalik katta e'tibor qaratilganini ko'rish muhim. Bunday bosimga asta-sekin ko'nikish kerak».
Rayan Giggz: «Fergyuson tufayli ilk Ferrari'mni yashirib yurardim»

Rayan Giggz: «Fergyuson tufayli ilk Ferrari'mni yashirib yurardim»

Rayan Giggz «Manchester Yunayted»dagi faoliyati va Aleks Fergyusonning tarbiya uslublari haqida gapirib berdi.

🗣️ Rayan Giggz:

«21 yoshimda ilk Ferrari 550 Maranello mashinamni sotib olgandim. Ammo undan zavqlanish o'rniga, uni yashirib yurardim — mashinani bazadan ikki kvartal narida qoldirib, faqat tunda haydardim. Bularning hammasi Fergyusondan qo'rqqanim uchun edi.
Uning gaplarini eshitish shart emasdi — kabinet oynasidan bir marta qarashi hamma narsani tushunish uchun yetarli bo'lardi.
«Yunayted»da yosh yulduzmi yoki faxriymi, buning farqi yo'q edi. Har kimdan kamtarlik va hurmat talab qilinardi.
Men aynan shu narsani o'rgandim. Shu bois ham deyarli 40 yoshgacha yuqori saviyada o'ynay oldim — intizom, hurmat va ortiqcha gaplarsiz menga hamma narsani o'rgatgan murabbiy tufayli».

O'ng ustun yangiliklari

Rayan Giggz: Amorim «Manchester Yunayted»da yaxshi poydevor qoldirdi

Rayan Giggz: Amorim «Manchester Yunayted»da yaxshi poydevor qoldirdi

Rayan Giggz Ruben Amorimning «Manchester Yunayted»dagi faoliyati va Maykl Kerrikka qoldirgan merosi haqida fikr bildirdi.

🗣️ Rayan Giggz:

Amorim «Manchester Yunayted»da Kerrik uchun juda yaxshi poydevor qoldirdi. Agar Kerrik yakunda jamoani Premer-liga chempionligiga olib kelsa, muvaffaqiyatning bir qismi aynan Amorimning qilgan ishlariga tegishli bo'ladi.
Natijalar uchun uni tanqid qilish mumkin, ammo u jamoaning kelgusi rivoji uchun bir nechta haqiqatan ham muhim elementlarni qoldirganini inkor etib bo'lmaydi.