Rasman: Samuele Richchi «Milan»ni tark etdi!
«Rossoneri» italiyalik yarimhimoyachi «Komo»ga bir yilga ijaraga o'tganini e'lon qildi. 📄
Bitim sotib olish huquqini ham o'z ichiga oladi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, shartlar ijara uchun 1,5 million yevro va to'liq transfer uchun 20 million yevroni tashkil etishi mumkin 💰
«Milan» Richchiga mehnati va klubga sadoqati uchun minnatdorchilik bildirib, faoliyatining yangi bosqichida omad tiladi 🙏
Endi Samuele o'zini «Komo»da ko'rsatishga va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishga harakat qiladi. Klub sotib olish opsiyasidan foydalanadimi yoki yo'q — buni mavsum yakunida bilib olamiz 👀
Omad, Samuele! ❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!