«Milan» markaziy yarim himoyachisi Samuele Richchi faoliyatini «Komo»da davom ettiradi.
Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etadigan klub 25 yoshli italiyalik futbolchini 1,5 million yevro evaziga ijaraga oladi. Shartnomada 20,5 million yevro va bonuslar evaziga futbolchini sotib olish huquqi ko'zda tutilgan.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, Samuele va «Komo» 1+4 ko'rinishidagi shartnoma shartlarini kelishib olishgan.
Richchi «Torino»dan 23+1,5 million yevro evaziga o'tganidan so'ng «Milan»da bir mavsum o'tkazdi. Tayanch yarim himoyachisi A Seriyada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 3 ta sariq kartochka oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!