Sander van der Eyk xatosi sabab psixologga murojaat qildi
Eredivisie ↗ ●●●●● Umumiy 👁 11

Sander van der Eyk xatosi sabab psixologga murojaat qildi

⛔️ "Ayaks" - PSV uchrashuvi hakami o'z xatosidan so'ng sport psixologiga murojaat qildi.

Sander van der Eyk Van Bommelning Baumanga nisbatan qo'pol o'yini uchun faqat sariq kartochka ko'rsatgani xato bo'lganini tan oldi.

"Yigitlar, bu xato edi. Bizni yoqimsiz vaziyatlar kutib turibdi, lekin endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi", - dedi hakam o'yindan so'ng yordamchilariga.

O'sha kechasi hakam uzoq vaqt uxlay olmadi, ertasi kuni esa oilasi bilan o'rmonda sayr qilishga chiqdi.

"Men ko'p narsani o'rgandim. Bu mening birinchi jiddiy xatom emas va albatta, oxirgisi ham emas".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!