Yohan Derksen:
"Menga van Bommel va Bauman to'qnashuvidan keyin boshlangan isterik gap-so'zlar juda g'ashimni keltirmoqda va hayron qoldirmoqda. Butun Gollandiya bu qizil kartochka deb baqirmoqda. Hatto "qotillikka suiqasd" kabi iboralarni ham ko'rdim. Sharmandalik haqida gapirishdi, hamma g'azabda edi, lekin mening fikrimcha, u yerda hatto sariq kartochka ham yo'q edi.
Bu oddiy to'qnashuv edi, kontaktli sport turi uchun xos holat. Ikkala o'yinchi ham to'pga e'tibor qaratgan va ongli ravishda unga borgan. Ular to'qnashuvdan qochib qutula olishmasdi va bunda hech kim aybdor emas.
Bu juda yoqimsiz ko'ringan bo'lishi mumkin, lekin van Bommelni bunda umuman ayblab bo'lmaydi, chunki u boshqa o'yinchini ko'rmagan ham."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!