Santiago Canizares va Onda Cero jurnalistlari Asensioning xatti-harakatlari haqida
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 32

Santiago Canizares va Onda Cero jurnalistlari Asensioning xatti-harakatlari haqida

Santiago Canizares (Madridning sobiq darvozaboni): "Asensioning mast holda rulga o'tirishi? Hech qachon xato qilmagan odam birinchi bo'lib menga tosh otsin.

Asensioni jamoadan haydash kerak yoki u boshqa o'ynamasligi kerak degan gap-so'zlar... O'ylaymanki, uning muammolari o'zi yetarli. Shuning uchun, umid qilamanki, Asensio qandaydir yo'l bilan hammasini noldan boshlay oladi.

Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Asensio — muammoli o'yinchi. Birinchi navbatda Raulning o'zi bu qiyinchiliklarni hal qilishni xohlashi kerak. U Madrid kiyim almashtirish xonasidagi qo'llab-quvvatlashni yo'qotdi.

Pidal (Onda Cero jurnalisti): "Asensio murakkab vaziyatga tushib qoldi. Yuz bergan voqeani muxlislar, murabbiylar, jamoadoshlar va rahbariyat eslab qoladi. Asensioda muammolar bor. Madridda ham [uning tufayli] muammolar yuzaga keldi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!