Sem Bekema Radio KissKiss nashriga intervyu berdi:
O'zimni a'lo darajada his qilyapman. Bir necha hafta oldin umumiy guruhga qaytdim. Men tayyorman va jamoaga yordam berish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman. Albatta, buni juda xohlayman va safdan chiqish menga yoqimsiz bo'ldi. Haqiqat shundaki, menda pay bilan bog'liq muammo bor edi va men mashg'ulot yig'inlarida to'liq kuch bilan ishlay olmadim, bu mavsumga eng yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun muhim davr, har bir futbolchi uchun fundamental ahamiyatga ega. Bu juda achinarli, ammo kelajakka nazar tashlaylik. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman va tayyorman.
Allegri barcha o'yinchilarga - himoyachilar, yarim himoyachilar va hujumchilarga doimo ko'rsatmalar berib boradi. U bizga har doim juda e'tiborli bo'lishni aytadi. Himoyada o'ynaganimizda, biz passiv bo'lmasligimiz, aksincha, yakkakurashlarda doimo faol bo'lishimiz kerak; bu juda muhim. Biz mashg'ulotlarda diqqatni jamlashimiz va har doim bor kuchimizni berishimiz kerak. Afsuski, so'nggi bir nechta o'yinda g'alaba qozona olmadik.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!