Serxio Martines «Real Madrid»ga o'tishga yaqin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 29

Serxio Martines «Real Madrid»ga o'tishga yaqin

AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» tez orada Serxio Martines transferini yakunlaydi. «Barselona», «Vilyarreal» va «Atletiko» ham 19 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirgan edi, ammo futbolchi «qaymoqranglilar» safiga o'tishga qaror qildi.

Martines asosan «Kastilya» tarkibida harakat qilsa-da, u joriy mavsumda «Madrid»ning asosiy jamoasi bilan ham mashg'ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Futbolchi «Xetafe»ga qarshi o'yindan (23.08) so'ng «Rasing» bilan xayrlashishi kutilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!