#Serxio Martines — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Fabrisio Romano: Serxio Martines «Real»ni tanladi

Fabrisio Romano: Serxio Martines «Real»ni tanladi

Fabrisio Romanoning xabar berishicha, 19 yoshli Serxio Martines boshqa takliflarni rad etib, "Real Madrid" safiga qo'shilishga qaror qilgan.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Ayrim klublar Serxio Martinesga o'tish amalga oshgan taqdirda darhol asosiy tarkib o'yinchisiga aylanish imkoniyatini taklif qilishgandi.

Shunga qaramay, 19 yoshli yarim himoyachi "Madrid"ga o'tishga qaror qildi. Ispaniyalik futbolchini "qaymoqranglilar" safida to'p surish imkoniyati o'ziga tortdi. Martinesning oila a'zolari esa umuman "Madrid"ning ashaddiy muxlislari hisoblanadi.

Mourinyu ham Martines transferini rasmiylashtirish ishlarida ishtirok etdi. Xususan, murabbiy u bilan telefon orqali suhbatlashdi. Shu sababli futbolchida asosiy jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazish va o'z iqtidorini namoyish etish imkoniyati bo'ladi.
Real Madrid Serxio Martinesga qiziqish bildirmoqda

Real Madrid Serxio Martinesga qiziqish bildirmoqda

Real Madrid Rasing yarim himoyachisi Serxio Martinesga qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchini qo'lga kiritishning boshqa yo'llarini izlamoqda.

📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" La Ligaga qaytgan "Rasing" klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Serxio Martinesni kuzatishda davom etmoqda. Futbolchi shartnomasida 3 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan.

🖥 The Athletic (Kortegana) ma'lumotiga ko'ra, "Madrid" Martinesga qiziqish bildirmoqda, ammo klub 3 million yevro tovon pulini to'lashga unchalik rozi emas. "Qirollik klubi" uni tarkibga qo'shib olishning boshqa yo'llarini o'rganmoqda. Agar transfer amalga oshsa, ispaniyalik futbolchi "Kastilya" safida to'p surishi rejalashtirilgan.

O'ng ustun yangiliklari

Serxio Martines «Real Madrid»ga o'tishga yaqin

Serxio Martines «Real Madrid»ga o'tishga yaqin

AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» 19 yoshli yarim himoyachi Serxio Martines transferini yaqin vaqt ichida yakunlaydi.

AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» tez orada Serxio Martines transferini yakunlaydi. «Barselona», «Vilyarreal» va «Atletiko» ham 19 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirgan edi, ammo futbolchi «qaymoqranglilar» safiga o'tishga qaror qildi.

Martines asosan «Kastilya» tarkibida harakat qilsa-da, u joriy mavsumda «Madrid»ning asosiy jamoasi bilan ham mashg'ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Futbolchi «Xetafe»ga qarshi o'yindan (23.08) so'ng «Rasing» bilan xayrlashishi kutilmoqda.