📰 AS xabariga ko'ra, "Real Madrid" La Ligaga qaytgan "Rasing" klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Serxio Martinesni kuzatishda davom etmoqda. Futbolchi shartnomasida 3 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan.
🖥 The Athletic (Kortegana) ma'lumotiga ko'ra, "Madrid" Martinesga qiziqish bildirmoqda, ammo klub 3 million yevro tovon pulini to'lashga unchalik rozi emas. "Qirollik klubi" uni tarkibga qo'shib olishning boshqa yo'llarini o'rganmoqda. Agar transfer amalga oshsa, ispaniyalik futbolchi "Kastilya" safida to'p surishi rejalashtirilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!