Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Ayrim klublar Serxio Martinesga o'tish amalga oshgan taqdirda darhol asosiy tarkib o'yinchisiga aylanish imkoniyatini taklif qilishgandi.
Shunga qaramay, 19 yoshli yarim himoyachi "Madrid"ga o'tishga qaror qildi. Ispaniyalik futbolchini "qaymoqranglilar" safida to'p surish imkoniyati o'ziga tortdi. Martinesning oila a'zolari esa umuman "Madrid"ning ashaddiy muxlislari hisoblanadi.
Mourinyu ham Martines transferini rasmiylashtirish ishlarida ishtirok etdi. Xususan, murabbiy u bilan telefon orqali suhbatlashdi. Shu sababli futbolchida asosiy jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazish va o'z iqtidorini namoyish etish imkoniyati bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!