Karlos Monfort (🌖): Shkodran Mustafi «Barsa» sport shaharchasiga tashrif buyurib, asosiy jamoaning mashg'ulotlaridan birini kuzatdi.
Dastlab u «Xuvenil A» va «Aston Villa» U-19 jamoalari o'rtasidagi o'yinni tomosha qildi. Ertasi kuni esa Mustafi Xansi Flik tomonidan sport shaharchasiga taklif etildi.
Markus Zorg — Mustafining eski tanishi. Ular o'rtasida yaxshi munosabatlar shakllangan va ularni nemis futboli bilan bog'liq umumiy o'tmish birlashtirib turadi. Zorg ushbu tashrif davomida mezbonlik vazifasini bajardi, bu esa sobiq himoyachiga «Barsa» murabbiylar shtabi ishini ichkaridan o'rganish imkonini berdi.
2025-yilning avgust oyidan boshlab Shkodran Mustafi Antonio Di Salvo qo'l ostidagi Germaniya U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 34 yoshli mutaxassis murabbiylik ta'limini davom ettirmoqda. ❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!