#Antonio Di Salvo — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Shkodran Mustafi «Barselona» mashg'ulotlarida mehmon bo'ldi

Shkodran Mustafi «Barselona» mashg'ulotlarida mehmon bo'ldi

Sobiq himoyachi Shkodran Mustafi «Barselona» mashg'ulotlarida mehmon bo'ldi va murabbiylar shtabi ishi bilan yaqindan tanishdi.

Karlos Monfort (🌖): Shkodran Mustafi «Barsa» sport shaharchasiga tashrif buyurib, asosiy jamoaning mashg'ulotlaridan birini kuzatdi.

Dastlab u «Xuvenil A» va «Aston Villa» U-19 jamoalari o'rtasidagi o'yinni tomosha qildi. Ertasi kuni esa Mustafi Xansi Flik tomonidan sport shaharchasiga taklif etildi.

Markus Zorg — Mustafining eski tanishi. Ular o'rtasida yaxshi munosabatlar shakllangan va ularni nemis futboli bilan bog'liq umumiy o'tmish birlashtirib turadi. Zorg ushbu tashrif davomida mezbonlik vazifasini bajardi, bu esa sobiq himoyachiga «Barsa» murabbiylar shtabi ishini ichkaridan o'rganish imkonini berdi.

2025-yilning avgust oyidan boshlab Shkodran Mustafi Antonio Di Salvo qo'l ostidagi Germaniya U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 34 yoshli mutaxassis murabbiylik ta'limini davom ettirmoqda. ❤️

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.