🎙️ Tom Kerni («Fulxem» o'yinchisi) «Arsenal»ga qarshi o'ynash nima uchun qiyinligi haqida:
«Ularga qarshi hatto darvozaga zarba yo'llash ham qiyin. Murabbiyga qoyil qolish kerak, butun jamoa himoyada juda yaxshi ishlaydi.
O'tgan mavsumda ularga qarshi o'ynagandim, o'yindan keyin hatto bo'ynim og'rib qolgandi. Eze esa umuman tinim bermadi, tom ma'noda ortimdan ergashib yurdi. O'shanda o'zimga o'zim: «Kristal Pelas»da sen bunaqa emasding-ku», deb o'ylagandim.
Hatto undan: «Bu seni murabbiy shunaqa o'ynashga majbur qilyaptimi? Rostdanmi?» deb so'radim. Tushunyapsizmi, bu allaqachon klub madaniyatining bir qismiga aylangan. Qolaversa, ularning barchasi mendan jismonan baquvvatroq».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!