Trabzonning uchinchi klubi Muhammad Salahni jalb qilish uchun Saudiya Arabistoni klublari bilan raqobatlashdi va bunga erishdi. Salahga Yalinjak hududida 975 kvadrat metr maydonga ega bo'lgan eng hashamatli villa taqdim etildi.
Villada 6 ta yuvinish xonasi, basseyn, sauna, qishki bog', kinoteatr, bolalar maydonchasi, trenajyor zali va «Aqlli uy» tizimi mavjud.
Salah klub bilan 2 yillik shartnoma asosida 35 million yevrogacha maosh, bonuslar hamda futbolka savdosidan 20-25 foiz daromad oladi.
Klub Salahning hayotini yanada qulaylashtirish uchun shaxsiy qo'riqchilar, hashamatli BMW avtomobillari, shaxsiy oshpaz bilan ta'minlaydi va uning oilasi bilan bog'liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Trabzon meri misrlik futbolchiga shahar hududidan yer uchastkasini va'da qildi, chunki «Turkiyadagi iqlim Misrdagidan ko'ra yaxshiroq».
Aeroportning o'zida 25 mingga yaqin muxlis futbolchini kutib oldi, taqdimot vaqtida esa ularning umumiy soni 40 mingga yetdi. Trabzon Avgustoni Zenitga sotib, o'rniga Salahni olib keldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!