Trey Nyoni kechagi o'yindagi eng yaxshilardan biri bo'ldi va uchrashuvdan so'ng intervyu berdi:
🛑 tanaffusda nimalar bo'lgani haqida
«Hammaning bir-biriga ishonchi baland va nazarimda, jamoada shunday muhit hukm surar ekan, hech kim vahimaga tushmaydi – biz o'z kuchimizga ishonamiz.
Ikkinchi bo'limda o'yinni qanday o'zgartirganimiz va tempni biroz oshirganimizni o'zingiz ko'rdingiz. Bizga aynan shu narsa kerak edi, shundan so'ng gollarimizni urdik»;
🛑 Chempionlar ligasidagi o'yin taassurotlari haqida
«Bu o'zgacha tuyg'u. Imkoniyatimni kutishimga to'g'ri keldi, ammo bularning bari jarayonning bir qismi deb o'ylayman.
So'nggi bir necha yil ichida ko'p narsani o'rgandim, hatto shunchaki maydon chetida turib, qolganlarni kuzatish orqali ham.
Jamoadoshlarim menga juda ko'p yordam berishadi, ayniqsa tajribali futbolchilar. Maydonga tushganimda, ular vazifamni maksimal darajada osonlashtirishga harakat qilishadi. Bundan ortig'ini so'ray olmayman»;
🛑 Makka sifati haqida
«Makka qanchalik yaxshi ekanini hammamiz bilamiz. U jahon chempioni, yuqori saviyadagi futbolchi.
Uning yonida o'ynaganimda, u menga juda ko'p yordam beradi. U meni doimo oldinga undaydigan va shu bilan birga o'zim bilgan narsalarni qilishimga imkon beradigan tajribali futbolchilardan biri.
Yosh futbolchi uchun yonida o'rnak olsa bo'ladigan shunday katta yoshli sheriklar bo'lishi juda muhim.
Xuddi shu narsani Rio, Kumas, Makkonnell va qolgan barchada ham ko'rish mumkin. Har safar maydonga tushganimizda, tajribali o'yinchilar doimo yonimizda va bizni qo'llab-quvvatlashga tayyor. O'ylayman-ki, eng muhimi shu»;
🛑 Bir vaqtning o'zida asosiy jamoaga kirib kelayotgan yosh futbolchilar guruhi haqida: «Buni birga boshdan kechirish ajoyib. Biz hammasi oson emasligini tushunamiz, chunki bu dunyoning eng yaxshi klublaridan biri, demak, biz yuqori saviyadagi futbolchilar bilan raqobatlashishimizga to'g'ri keladi. Nazarimda, har kuni shunday o'yinchilar yonida mashg'ulot o'tkazish yanada ko'proq ishlashga undaydi. «Liverpul»da o'ynash uchun juda yuqori standartlarga javob berish kerak va biz buni hammamiz tushunamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!