Uesli Sneyder: «Men bu haqda bir necha bor aytganman: 20 yoshida Kristian «Ayaks» sardori bo'lgan, o'sha paytda biz u yerda birga edik. «Inter»da ham biz doimo bir xonada yashaganmiz, jumladan, yig'inlarda ham. U tinmay futbol haqida gapirardi, tom ma'noda futbol bilan yashardi. Men undan ajoyib murabbiy chiqishini tushunib yetganman.
U o'sha paytdayoq menga faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo'lishni istashini aytgandi. Ammo yaxshi futbolchi yaxshi murabbiy bo'ladi degani emas. Chempionlar ligasi finalidan keyingi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan oldingi birinchi yilda unga oson bo'lmagan».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!