🗣️ Ueyn Runi Lisandro Martinesning so'zlari haqida fikr bildirdi:
«O'ylayman-ki, u biroz oshirib yubordi. Bunday narsalar baribir klub ichida qolishi kerak.
Muxlislar futbolchilar ochiq gapirishini, ularga jamoa taqdiri befarq emasligini ko'rishni istashadi. Va shubhasiz, Martinesga ham befarq emas. U klub yangi futbolchilar xarid qilishga ko'proq sarmoya kiritishini xohlaydi, garchi ehtimol, o'zi ham jamoani tark etadiganlar safida bo'lsa ham.
Uning o'z o'yinlari kerakli darajada emasdi, lekin qaysidir ma'noda u yangi investitsiyalar zarurligi haqida gapirib, haqiqatni aytmoqda.
Shu bilan birga, menda u bu so'zlarni oldindan tayyorlab qo'ygani va ataylab aytmoqchi bo'lgani haqida taassurot qoldi. Axir uning gaplari maydonda ko'rganimizga unchalik mos kelmaydi: jamoa o'yini uning so'zlaridan tasavvur qilinganidan ko'ra yaxshiroq edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!