MailSport xabariga ko'ra, muxlislar "Arsenal"ni Uilyam Salibaning Premer-liga va Angliya Superkubogi sovrinlari bilan tushilgan rasmiy jamoaviy fotosuratda yo'qligi uchun tanqid qilishdi.
Fransiyalik himoyachi fotosessiyani tibbiy ko'rik sababli o'tkazib yuborgan, uning tafsilotlari oshkor etilmayapti. Suratda 24 nafar futbolchi va Mikel Arteta ishtirok etishgan.
Ayrim muxlislar klub Salibaning chempionlik unvonini qo'lga kiritishdagi hissasini hurmat qilgan holda suratga olish jarayonini boshqa kunga ko'chirishi mumkin edi, deb hisoblashadi. Muxlislarning bir qismi "Arsenal"ni himoyachi ishtirokida yangi suratga tushishga chaqirdi.
Rozimisiz?
Ha - 👍
Yo'q - 👎
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!