Usmon Dembele (PSJ hujumchisi): "Mening Mbappe bilan ziddiyatim haqidagi mish-mishlarmi? Bu gap-so'zlarda hech qanday alohida narsa yo'q. Bu shunchaki ijtimoiy tarmoqlardagi mayda tortishuvlar. Men bunday narsalarga aralashmayman.
Menga 29 yosh, bunday narsalarga vaqtim yo'q. Biz Mbappe bilan allaqachon gaplashib oldik. Biz u bilan bir stolda o'tiramiz. O'rtamizda hech qanday muammo yo'q".
Eslatib o'tamiz, avvalroq Dembele va uning atrofidagilar "Oltin to'p" uchun kurash jarayonida Mbappening media kampaniyasidan norozi ekanliklari xabar qilingandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!