Afsuski, omadimiz kelmadi. Himoyachimiz yana uzoq muddatga safdan chiqdi. Uning holati juda achinarli.
O'yindan so'ng darhol o'tkazilgan tibbiy ko'riklar eng yomon xavotirlarni tasdiqladi: Valanten Jandreni «Xoffenxaym» penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag'lub bo'lgan uchrashuvda boldir suyagini sindirib oldi. Shu tariqa, jamoa futbolchini uzoq muddatga yo'qotdi.
«Bu jarohat Vale uchun juda og'ir zarba bo'ldi va klubdagi barchamizga, jumladan, insoniy nuqtai nazardan ham qattiq ta'sir qildi, — dedi «Xoffenxaym» sport direktori Andreas Shiker. — Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz va barcha zarur yordamni ko'rsatamiz. Barchamiz unga tezroq sog'ayib, maydonga qaytishini tilaymiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!