Valdano va PakoXo: Vinisiusning qaytishi "Real Madrid" o'yiniga qanday ta'sir qiladi?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 34

Valdano va PakoXo: Vinisiusning qaytishi "Real Madrid" o'yiniga qanday ta'sir qiladi?

Valdano ("Madrid" afsonasi):

"Vinisius bilan chap qanotda va Diomande bilan o'ng qanotda "Real Madrid" braziliyalik futbolchi yo'qligidagi kabi muvozanatli bo'lishiga ishonchim komil emas. Jamoa ikki nihoyatda tezkor o'yinchi — Mbappe va Diomande uchun xavfli vaziyatlar yaratish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Agar ushbu sxemaga Vinisiusni qo'shsak, jamoa xavfliroq bo'ladi va balki ko'proq gol ham urar. Ammo shu bilan birga, o'yin sifati pasayadi. Shu bois, agar buning uchun jamoaviy o'yinni qurbon qilish kerak bo'lsa, "Madrid" hozirgidan ko'ra ko'proq gol ura olishiga ishonmayman".

📻 PakoXo (Cadena SER jurnalisti):

"Vinisius La Liga doirasidagi 4 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi, ammo Diomande har bir o'yinda uni ortda qoldirayotganini ko'rganda, bu jazo u uchun yanada og'riqliroq bo'ladi. Jamoa yulduzlaridan birining diskvalifikatsiyasi jamoaga hech qachon bunchalik foyda keltirmagan edi".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!