📊🦇 INSAYD: «VALENSIYA»GA INVESTITSIYALAR VA BITIM TAFSILOTLARI! 💣💶
Bitim ustida uzoq ishlashdi: Limlar oilasi va amerikalik investorlar o'rtasidagi muzokaralar bir yarim yil davom etdi. Yakunda tomonlar qiymati 350–400 million yevroga baholanayotgan kelishuvga erishdilar.
💰 Sof kapital, qarz emas: Bundan tashqari, 100 million yevro «Valensiya» g'aznasiga qarz sifatida emas, balki to'g'ridan-to'g'ri yangi kapital sifatida kiritiladi.
⚽️ Tarkibni kuchaytirish: Ushbu mablag'lar yanvar oyidagi qishki transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirishga yo'naltiriladi, biroq bu butun summa bir yo'la sarflanadi degani emas.
👂Yana bir mish-mishlarga ko'ra, Braulio Vaskes klubimizga o'tishidan avval muzokaralardan xabardor bo'lgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!