📻 Radio Marca jurnalisti Valentin: "Inter"ga qarshi o'yinda Vinisius almashtirilayotganda hushtakbozlik qilinishi? Siz hech qachon mendan shunchaki yugurgani va himoyada ishlagani uchun futbolchini maqtashimni eshitmaysiz.
Men buni faqat yosh tarbiyalanuvchi yoki jamoaga yangi kelgan futbolchi haqida aytishim mumkin. Ayniqsa, jahon yulduzi darajasida o'ynamay qo'ygan futbolchini himoyadagi harakatlari uchun maqtamayman.
Agar sen "Madrid"ga hujumda foyda keltirmayotgan bo'lsang, hech bo'lmaganda himoyada ishlashing kerak — ayniqsa, sen Alonsoning iste'foga chiqishiga sababchi bo'lganlardan biri bo'lsang va jamoa ikki mavsumdan beri yirik sovrinlarni qo'lga kirita olmayotgan bo'lsa. Vinisius "Inter" kabi jiddiy raqibga qarshi o'yinda ham himoyada ishlamasligi qoluvdi, xolos...
Vinisius o'yinidagi o'zgarishlar maqtovga loyiq, garchi ular juda kech sodir bo'lgan bo'lsa ham. Ammo endi Vinisius himoyada barqaror va faol ishlaydimi hamda hujumda yana hal qiluvchi rol o'ynay boshlaydimi, shuni ko'rish kerak. Axir u aynan shu narsalar uchun dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Eng yaxshilardan har doim ko'proq narsa talab qilinadi.
Qanday bo'lmasin, men hech qachon o'yin vaqtida, ayniqsa kecha, ba'zi muxlislar qilganidek, himoyada ulkan ish hajmini bajargan Vinisiusga qarata hushtakbozlik qilmagan bo'lardim. Vinisius manziliga yo'llangan hushtakbozlik – "Bernabeu" uchun odatiy hol emas, chunki mahalliy muxlislar har doim futbolchilarning fidoyiligini qadrlashgan.
Ammo men Vinisius bilan nimalar bo'lishi haqida ogohlantirgan edim: "Madrid" muxlislarining ko'pchiligi undan charchagan va "Inter"ga qarshi o'yinga aynan uni hushtakbozlik qilish niyatida kelishgan. Ular Vinisiusning kuchsiz o'yini va ba'zi qiliqlaridan charchashgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!