Radio Marca jurnalisti va "Madrid" sosiosi Valentin shunday dedi:
Ochig'ini aytish kerak, hakamlik dahshatli bo'ldi va Madrid derbisi natijasiga ta'sir qildi, ammo "Madrid"ning o'yini — bu sharmandalik ekanligini ham aytib o'tish lozim.
Jamoaning sust futboli allaqachon yangilik bo'lmay qoldi. Mourinyuning ish natijalari qani?! "Madrid"da xarakter yo'q. Jamoaning bunchalik yomon o'ynayotganini ko'rishdan ochiqchasiga charchadik.
"Madrid"dagi eng yomon narsa — bu yomon natijalar emas. "Madrid"dagi eng yomon narsa — sentyabr oyida "Barselona"dan 6 ochko ortda qolish emas. "Madrid"dagi eng yomon narsa — jamoa 2 yildan beri yirik sovrinlarsiz qolayotgani. "Madrid"dagi eng yomon narsa — tarkibiy va zarur o'zgarishlar ro'y bermagani va ko'rinishidan, ro'y bermaydi ham.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!