Valentin: "Real Madrid"ning o'yini tashvish uyg'otmoqda"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 36

Valentin: "Real Madrid"ning o'yini tashvish uyg'otmoqda"

Radio Marca jurnalisti va "Madrid" sosiosi Valentin "Real Madrid"ning "Vilyarreal"ga qarshi o'yinidan so'ng o'z xulosalari bilan o'rtoqlashdi:

"Real Madrid" hamon juda yomon o'yin ko'rsatmoqda. Bunday darajada to'p surib, jamoa yirik sovrinlarni qo'lga kirita olishini tasavvur qilish qiyin. Bu tashvish uyg'otadi, chunki vaziyat ikki yildan ortiq vaqtdan beri o'zgarmayapti. Agar "Barselona" bilan solishtiradigan bo'lsak, gapirishga ham hojat yo'q.
Valverde va Tchuameni tayanch yarim himoyachilari juftligi allaqachon tarqalib ketishi kerak edi. Kecha Mourinyu menimcha aniq qaror qabul qildi: Gyulerni biroz ortga tushirdi, Valverdeni esa o'ng qanot himoyasiga o'tkazdi. Bunday joylashuv bilan jamoa hali o'sishi mumkin.
Kimdir Valverdening o'ziga tushuntirishi kerakki, "Vilyarreal" kabi yuqori pressing qiladigan jamoalarga qarshi u tezligidan va bo'sh zonalardan foydalanish uchun qanot himoyasida o'ynashi kerak. Bu qarorga kelish uchun ancha kechikishdi.
"Bernabeu" Kilian Mbappeni hushtakbozlik bilan kutib oldi, u navbatdagi o'yinni faqat nomi uchungina "Oltin to'p" darajasida o'tkazdi. Uchta yaqqol golli vaziyat va birorta ham gol yo'q.
Agar Mbappe to'pni o'ynashda jamoaga yordam bermasa va golli vaziyatlarni ko'kka sovurishda davom etsa, dam olish uchun ruxsat so'rashni bas qilsin va nihoyat ishga kirishsin. Agar "Madrid" "Vilyarreal"ni mag'lub etmaganida, buning katta qismi Kilianning aybi bo'lardi.
Gyuler — asosiy tarkibning daxlsiz o'yinchisi. O'ylaymanki, endi bu aniq. Men uni Valverde o'rniga asosiy tarkibda tushirgan bo'lardim.
Vinisius deyarli bo'sh darvozaga urgan gol evaziga "qaytgan" bo'lishi mumkinmi? Lekin u hech bo'lmaganda to'g'ri kayfiyatni namoyish etdi. Afsuski, u raqibining sochidan tortib, qizil kartochka olib, hammasini barbod qildi. Garchi Vinisiusning o'zi xatosini tan olgan bo'lsa ham.
Hakam dahshatli o'yin o'tkazdi. Uning qarorlari istalgan odamni asabiylashtirishi mumkin. Ammo adolat yuzasidan shuni ta'kidlash kerakki, "Madrid"da hakamlarga qarshi haqiqiy qarama-qarshilik olib borilmoqda, shu sababli hakamlik atrofida doimo tarang muhit saqlanib qoladi — hatto o'yin boshlanmasdan, hakamning ishini xolis baholashga hali erta bo'lgan paytda ham.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!