📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiysi): "AEKga qarshi o'yindagi himoyadagi passivlik va ishga bo'lgan munosabat — Vinisiusga eng ko'p zarar yetkazishi mumkin bo'lgan narsa. Bunday munosabatni hatto tasavvur ham qila olmasdim. Bu shunchaki qabul qilib bo'lmas holat!
⚪ Vinisius diskvalifikatsiya tufayli La Ligada o'ynamayapti, shuning uchun u Chempionlar ligasi o'yinlari uchun yetarlicha kuchga ega bo'lishi kerak;
⚪ Braziliyalik futbolchi juda uzoq vaqtdan beri yaxshi o'yin ko'rsatmayapti;
⚪ Diomande o'zini a'lo darajada ko'rsatmoqda, Vinisiusdan yaxshiroq o'ynamoqda va bundan tashqari, himoyadagi harakatlari bilan "Madrid"ga o'yin balansini saqlab qolishga yordam bermoqda.
Vinisiusning o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotganini, driblingga kirishmay qo'yganini, unda hech narsa o'xshamayotganini tushunish mumkin... Ammo bunday befarqlikni qabul qilib bo'lmaydi. "Madrid"dagi barcha futbolchilar astoydil mehnat qilishmoqda, faqat Vinisiusdan tashqari. Mutlaqo barchasi, undan tashqari"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!